Toshkentda Zo'rTv jurnalisti va operatori kaltaklandi (video)
3-sahifa
−
14 avgust 2023
19624Bugun, 14 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda Zo'rTV telekanali muxbiri va tasvirchisi kaltaklangani aks etgan video tarqalib, ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi. Holat yuzasidan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Ichki ishlar vazirligi hamda Bosh prokuraturaga rasmiy murojaat yo‘lladi.
Gap shundaki, telekanal jurnalisti va operatori joriy yilning 12 avgust kuni aeroport yaqinida qurilayotgan yo‘l o‘tkazgichning beshta to‘sini qulab tushishi sabablarini o‘rganishga borgan.
Videodan ko‘rish mumkinki, o‘rganish vaqtida bir erkak videoga olmaslikni talab qilib, kamerani sindirgan. Shuningdek, u operator va jurnalistni kaltaklagan.
“Agentlik jurnalistik faoliyatga to‘sqinlik qiluvchi va OAV xodimlariga nisbatan bo‘ladigan har qanday tazyiqni keskin qoralaydi. Shunga ko‘ra, Agentlik o‘z vakolat doirasidan kelib chiqib, bo‘lib o‘tgan voqelikka huquqiy baho berish va adolatli qaror qabul qilishlarini so‘rab, Ichki ishlar vazirligi hamda Bosh prokuraturaga rasmiy murojaat yo‘lladi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, agentlik huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan jarayon o‘rganilishi hamda xizmat tekshiruvlari natijalarini diqqat bilan kuzatib boradi va bu ishni nazoratga oladi.
Holat bo‘yicha Ichki ishlar vazirligi va Bosh prokuratura hali ham rasmiy munosabat bildirmadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida MY5 telekanali jurnalisti Nozimjon Teshayevni aholi murojaatini o‘rganish paytida bir erkak haqorat qilgandi. Erkak 5 sutkaga qamoqqa olingan.
LiveBarchasi