Toshkentda jurnalistning “mazasini qochirmoqchi bo‘lgan” shaxs 5 sutkaga qamaldi
3-sahifa
−
05 iyun 2023
7663Toshkent shahrida MY5 telekanali jurnalisti Nozimjon Teshayevni aholi murojaatini o‘rganish paytida haqorat qilgan shaxsga nisbatan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari Matbuot xizmati xabar berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda MY5 telekanali muxbiri Toshkent shahridagi Mirzo Ulug‘bek tumanida aholi murojaatini o‘rganayotgan paytda tazyiqqa uchragani aks etgan. Videoda jurnalistga nisbatan “Mazangni qochiraman hozir”, deb haqoratli gaplar aytilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, bugun, 5 iyun kuni ochiq sud majlisida M.Ya.ga (1993 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan) oid ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqilgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudining shu yilning 5 iyundagi qaroriga ko‘ra M.Ya. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasida (mayda bezorilik) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topilib, unga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nozimjon Teshayevning tazyiqqa uchragani bo‘yicha dasltabki ma’lumot berilib, uni haqoratlagan shaxsga nisbatan ma’muriy ish ochilgani xabar qilingan edi.
LiveBarchasi