Toshkentda yo‘lovchi ayolga shilqimlik qilgan “taksist” qamaldi
3-sahifa
−
01 aprel
7124Toshkentda mashinasiga chiqqan yo‘lovchi ayolning qaddi-qomatini ta’riflab, shilqimlik qilgan haydovchi 5 sutkaga qamaldi. Bu haqda QALAMPIR.UZ'ga Toshkent shahar sudlari matbuot xizmati rahbari Zokirjon Qo‘ziboyev ma’lum qildi.
Joriy yilning 29 mart kuni Toshkent shahri jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudida shahvoniy shilqimlik qilgan Spark rusumli avtomobil haydovchisiga 5 sutkalik ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Hujjatda qayd etilishicha, jabrlanuvchi ayol 2023 yil noyabr oyining 11 kuni soat 17:20 da Toshkent shahri Chilonzor tumani, "Xalqlar do‘stligi" saroyi oldida taksiga o‘tirgan. Yo‘l davomida haydovchi X.O. (1994 yilda tug‘ilgan) ayolning qaddi-qomatini "madh etib", uning sonidan ushlab olgan va turli behayo gaplarni gapirgan.
Ayol X.O.ning gaplarini yozib olganini bildirib, suddan unga qonuniy chora ko‘rishni va ma’naviy zararni undirib berishni so‘ragan.
Sud majlisida huquqbuzar X.O. o‘sha kuni avtomashinasi mexanika bo‘lgani sabab, uzatmalar qutisi richagidan tezlikni o‘zgartirayotganda (skorostga urayotganida) yo‘lovchi ayolning oyog‘iga uning qo‘li tegib ketganini bildirib, suddan ishni odilona ko‘rib chiqishni so‘ragan.
Sud X.O. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41−1-moddasi 1-qismida (shahvoniy shilqimlik) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topgan, unga 5 (besh) sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlagan.
LiveBarchasi