Toshkentda yuk mashinasiga urilgan Damas bo‘linib ketdi
3-sahifa
−
08 iyul 11936 1 daqiqa
Kecha, 7 iyul kuni Toshkent shahar Yangihayot tumanida yuk mashinasiga urilgan Damas bo‘linib ketdi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 12:30 larda Yangihayot tumani 4P yo‘lining “Jaloyir” MFYga kirish qismida haydovchi S.I. Damas rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotgan vaqtida rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetida harakatsiz to‘xtab turgan haydovchi Sh.B. boshqaruvidagi FREHAUF TF34 rusumli yuk avtomobilining yarim tirkamasi bilan to‘qnashib, yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.
YTH oqibatida Damas transport vositasining haydovchisiga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatining Furqat tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida Damas avtomobili ikkiga bo‘linib ketgandi. Voqea oqibatida Damas avtomobiliga texnik zarar yetgan. Uning haydovchisi va yo‘lovchilari tuman tez tibbiy yordam bo‘limiga yuborilgan.
Live
Barchasi