Toshkentda yuk mashinasi 3 yashar bolani urib yubordi

3-sahifa

image

Kecha, 11 iyun kuni Toshkentda yuk mashinasi 3 yashar bog‘cha tarbiyalanuvchisini urib yubordi. Bu haqda "Millar" dasturida xabar berildi.

Aytilishicha, yo‘l-transport hodisasi Uchtepa tumani "Ko‘kcha darvoza" ko‘chasida yuz bergan. Yuk mashinasi haydovchisi xususiy bog‘cha qarshisidan harakatlanib ketayotgan vaqtida 2021 yilda tug‘ilgan piyodani urib yuborgan. Oqibatda 3 yashar bola olgan tan jarohatlari sabab vafot etgan.

Guvohning so‘zlariga ko‘ra, marhum bolakay akasini ko‘rib, tarbiyachisining qo‘lidan chiqib ketgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Samarqand viloyatida “KamAZ” rusumli yuk mashinasi piyodalar o‘tish yo‘lakchasidan o‘tayotgan ayol va uning 2 nafar voyaga yetmagan farzandini urib yuborgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing