Toshkentda yirik narkolabaratoriya tashkil qilganlar ushlandi (video)

3-sahifa

image

Joriy yilning 22 oktyabr kuni Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirida Toshkent shahrida kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni “zakladka” usulida tarqatish bilan shug‘ullanuvchi yirik uyushgan jinoiy guruh a’zolarining to‘rt nafari jinoyat ustida qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, dastlab Uchtepa tumanida ularning ikki nafari to‘xtatilib tekshirilganda, avtomashinasidan 353 dona pregabalin va 25 dona tropikamid kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlangan. Olib borilgan tezkor tadbirlar davomida jinoiy guruhning yana ikki nafar a’zosi qo‘lga olingan.

Ular vaqtincha yashab kelayotgan Yashnobod tumanidagi xonadonlardan birida yashirin narkolaboratoriya tashkil etgani aniqlanib, 50 kg pregabalin va 1200 dona qadoqlangan pregabalin, 2 kg va 400 dona tropikamid kuchli ta’sir qiluvchi moddalar, 2 litr xomashyolar, 112 000 dona qadoqlash uchun flakon va kapsulalar va boshqa zaruriy ashyoviy dalillar hujjatlashtirib olingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand, Surxondaryo va Xorazm viloyatida yashovchi shaxslar jami 11 kilogrammdan ortiq narkotik moddalari bilan ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent narkolabaratoriya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing