Toshkentda yil boshidan beri necha kishi YTHlarda halok bo‘lgani aytildi
Jamiyat
−
11 iyul 2020
114052020 yilning 1 yanvar kunidan 7 iyuliga qadar Toshkentda 320 ta yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan. Bu 2019 yilning shu davriga (466 ta YTH) nisbatan 146 taga (31,3 foiz) kam, deya xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB.
Shulardan 284 tasida badan shikastlari qayd etilgan, bu esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan (418 ta hodisa) 134 taga yoki 27 foizga kam. Ushbu YTHlardan badan shikastlari yetgan odamlarning soni 384 ta bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 142 taga yoki 27 foizga kam (526 kishi).
O‘lim bilan bog‘liq hodisalar 36 ta bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatan 12 taga yoki 25 foizga kam (48 ta). Hayotdan ko‘z yumganlarning umumiy soni 42 kishi tashkil etdi, bu ham 2019 yilga nisbatan 11 taga yoki 20,8 foizga kam (53 ta).
O‘lim bilan bog‘liq hodisalarning sabablari
Toshkentda 2020 yilning 1 yanvar kunidan 7 iyulga qadar sodir bo‘lgan YTHlarning tahlili natijasida quyidagi asosiy sabablar aniqlandi:
• Tezlikni oshirish – 19 ta hodisa;
• Qarama-qarshi harakat yo‘liga chiqish – 4 ta holat,
• Spirtli ichimliklar iste’moli – 3 ta holat.
• Piyodalar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalari to‘g‘risida
• Piyodalarni urib yuborish bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalarining soni keskin qisqardi. Joriy yilning 1 yanvar kunidan 7 iyuliga qadar bo‘lgan davr ichida 187 ta YTHlar qayd etilgan, bu esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 129 taga yoki 40,8 foizga kamroqdir (316 ta YTH). 182 nafar piyodalarga badan shikastlari yetgan (o‘tgan yili ushbu raqam 295 ni tashkil etgan bo‘lib, ko‘rsatkish 113 taga yoki 38,3 foizga qisqargan), hayotdan ko‘z yumganlar 19 kishini tashkil etdi (2019 yili 37 kishi bo‘lgan, bu yilgi ko‘rsatkish 18 taga yoki 48,6 foizga kam).
Qayd etish joizki, 86 ta holatlarda piyoda ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalarining sababi yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tmoqchi piyodalarning o‘zlarida bo‘lgan. O‘tgan yilga nisbatan raqamlar 76 taga yoki 46,9 foizga kamaydi (162 ta hodisa). Afsuski, ushbu xato joriy yilda 82 kishi uchun o‘tgan yilda esa 144 kishi uchun turli og‘irlikdagi badan shikastlari bilan yakunlandi. Mazkur hodisalarda joriy yilda 9 kishi hayotdan ko‘z yumdi, bu esa o‘tgan yilga nisbatan 17 taga yoki 65,4 foizga kam (o‘tgan yili yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tmoqchi bo‘lganlar soni 26 kishini tashkil etgan edi).
Voyaga yetmaganlar ishtirokidagi YTHlar
Ming afsus, ba’zida yo‘l-transport hodisalarida yosh bolalar ishtiroki ham qayd etiladi. O‘tgan yilning mazkur davrida 54 holat, bu yili esa 33 ta holat (21 taga yoki 38,9 foizga kam) qayd etildi. YTH oqibatida badan shikastlari yetgan voyaga yetmaganlar soni 27 nafarga kamaydi (47,4 foiz): o‘tgan yili jabrlanganlar 57 tani, buy il esa – 33 tani tashkil etdi. Afsuski, hayotdan ko‘z yumganlar soni ikki nafarga oshdi: joriy yilda tahlil davri ichida 4 nafar bolalar, o‘tgan yili esa – ikki nafar voyaga yetmaganlar hayotdan ko‘z yumishgan.
Shuni alohida qayd etish kerakki, butun respublika va jumladan, Toshkent shahrida koronavirus sabab o‘rnatilgan karantin choralari doirasida poytaxt va Nukus shahri, viloyatlar markazlarida bir muddat avtotransportlar harakati cheklandi. Bu cheklovdan chiqish ham birdan bo‘lmay, bosqichma-bosqich bemor qilindi. Avtomobillar harakatining qisqarishi o‘z o‘zidan YTHlar soniga ham ta’sir qilgan deyish mumkin.
LiveBarchasi