Toshkentda yerto‘lani ko‘ngilochar maskanga aylantirgan fuqaro jazolandi
3-sahifa
−
17 dekabr
6149Toshkent shahrida fuqaro ko‘p qavatli uyning yerto‘lasini o‘zlashtirib, uni ko‘ngilochar maskanga aylantirdi. Bu haqda Qurilish va kommunal xo‘jalik vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, ko‘p qavatli uyda yashovchi qo‘shnilar shikoyatiga binoan Qurilish va kommunal xizmatlarni nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari ushbu holatni o‘rgangan. Reyd davomida ko‘p qavatli uyda yashovchi bir fuqaro yerto‘lani noqonuniy tarzda o‘zlashtirib, bir nechta beton tayanchlarni olib tashlagani, alohida kirish yo‘li ochib, ichkariga zinapoya o‘rnatgani aniqlangan. Uning harakatlari binoning mustahkamligiga jiddiy zarar yetkazgan.
“Mazkur holat yuzasidan Qurilish inspeksiyasi tomonidan fuqaroga ogohlantirish xati va jarima chorasi qo‘llanildi. Shuningdek, holatni bartaraf etish uchun sudga da’vo arizasi yuborilgan”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy viloyatidagi bog‘chada qurilish sifatsiz olib borilayotgani aniqlanib, undagi ishlar vaqtincha to‘xtatilgandi. Sifatsiz bajarilgan ishlar esa joyida buzdirilgan.
LiveBarchasi