Poytaxtda yerosti yo‘lagi shiftining bir qismi o‘pirilib tushdi

Jamiyat

image

Toshkent metropolitenining Chilonzor liniyasidagi “Buyuk ipak yo‘li” bekatiga olib tushuvchi yerosti yo‘laklaridan birida shift qoplamasining bir qismi qulab tushdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Kecha, 12 avgust kuni soat taxminan 14:30 da ro‘y bergan hodisada yo‘lak shiftiga o‘rnatilgan kompozit panel (alyukobond) o‘pirilib tushgan.

Ma’lum bo‘lishicha, konstruksiyaning bir qismi yerosti o‘tish yo‘lagi ustida joylashgan chimni sug‘orish natijasida to‘plangan suvning og‘irligi tufayli qulab tushgan.

Vazirlikning ta’kidlashicha, qulash jiddiy oqibatlarni keltirib chiqarmagan. Bir necha daqiqa davomida hodisa joyi shift bo‘laklaridan tozalangan.


Maqola muallifi

Teglar

metro

Baholaganlar

222

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing