Toshkentda yerning eng past narxi ko‘tariladi

Jamiyat

image

Toshkent shahar hokimining “Toshkent shahrida yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqini eng past narxini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi. Bu haqda "Norma" xabar berdi.

Loyiha shaharning iqtisodiy zonalari va tumanlari kesimida aniqlanadigan Toshkent shahrida yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqining eng past narxining o‘zgarishini nazarda tutadi.

Loyihaga asosan, Toshkent shahar soliq boshqarmasi doimiy foydalanish huquqining eng past narxini 1 ish kuni ichida “Yerelektron” AATga kiritadi.

Toshkent shahar yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi va  tuman hokimliklari:

•    auksion orqali realizatsiya qilishga mo‘ljallangan bo‘sh yer uchastkalarining ro‘yxatini shakllantirishlari;
•    yer uchastkalari bo‘yicha kelishilgan yoki ijobiy xulosa berilgan kundan boshlab 5 ish kuni ichida yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqining tasdiqlangan eng past narxi asosida yer uchastkasining boshlang‘ich narxini belgilashlari kerak.

Taklif etilayotgan o‘zgartirishlar:

Eslatib o‘tamiz, eng past narx quyidagi mezonlar asosida aniqlanadi:

•    yer solig‘ining yillik summasi;
•    yer uchastkasini tanlash materiallarini tayyorlash bo‘yicha ishlar qiymati va yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish xarajatlari;
•    yer uchastkasining joylashgan joyi;
•    muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish uchun nuqtalarning mavjudligi.

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh turgan yer uchastkalarini tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun doimiy foydalanishga taqdim etish elektron onlayn-auksion orqali amalga oshiriladi.

Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent er

Baholaganlar

110

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing