Toshkentda yaroqlilik muddati o‘tgan 2,2 mlrd so‘mlik dorilarni sotishga uringanlar qo‘lga tushdi

3-sahifa

image

Toshkent shahrida 2,2 mlrd so‘mlik yaroqlilik muddati o‘tgan dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan Bojxona boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda “A.Ph.” xususiy korxonasi mas’ul shaxslari va boshqalar Yunusobod tumani 15-mavzesidagi manzilida joylashgan noturar binoda umumiy bahosi 2,2 mlrd so‘mlik yaroqlilik muddati o‘tgan dori vositalarini o‘tkazish maqsadida saqlab kelayotgani aniqlanib, ushbu dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Davlat bojxona qo‘mitasi Farg‘onada 625 mln so‘mlik dorilarni qalbakilashtirayotgan yashirin sex aniqlangani haqida xabar bergan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent dori

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing