Toshkentda yana bir uy yonib ketdi

3-sahifa

image

Bugun, 17 fevral kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi uylarning birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, soat 15:47 da tumanning Niyozbek ko‘chasida joylashgan uylarning birida yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida FVBBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, qutqaruv bo‘linmalari soat 15:54 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 15:59 da qurshab olingan va soat 16:02 da o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida uyning taxminan 70 kvadrat metr maydonda tom va ichki qismi yonib zararlangan.

Tan jarohati olganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 16 fevral kuni  Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Beltepa ko‘chasida joylashgan xonadonda yuz bergan yong‘in oqibatida 3 kishi halok bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Yunusobod yong'in

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing