Toshkentda yana bir OTM talabasida koronavirus aniqlandi
Jamiyat
−
25 mart 2021
12647Toshkent transport universiteti talabasida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda "Yuksalish" umummilliy harakati xabar berdi.
COVID-19 universitetning Aviatsiya transporti muhandisligi fakulteti 3-kurs talabasida aniqlandi. Shu sababli ushbu fakultet talabalari ikki haftalik masofaviy ta’limga o‘tkazildi.
Fakultet joylashgan o‘quv binosidagi barcha xodimlar va talabalardan PSR testi olingan.
Avvalroq, Toshkentdagi Inha universiteti talabasida koronavirus aniqlangani va ta’lim muassasasi karantinga yopilgani haqida xabar bergan edik. Shu bilan birga Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti talabasida ham koronavirus aniqlangandi. Natijada ikkita fakultet talabalari masofaviy o‘qish rejimiga o‘tkazilgan.
Shuningdek, Toshkentda o‘quvchilar, talabalar va tashkilotlar xodimlarida koronavirus aniqlangan, shu sababdan joylardagi nazorat tadbirlari qayta joriy etilgan.
Joriy yilning 15 mart kuni Toshkent shahri Olmazor tumanidagi 117-sonli davlat maktabgacha ta’lim muassasasi ham 2 nafar tarbiyalanuvchi va 2 nafar tarbiyachida COVID-19 aniqlangani sabab karantinga yopilgandi.
LiveBarchasi