Toshkentda yana bir masjid ishga tushirildi

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, Ramazon oyida Toshkent shahrida “Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf”, “Suzuk ota”, Termiz shahrida “Hakim Termiziy” nomida yangi masjid-majmualar ochilgan edi. 

E’tiborlisi, muborak oydan so‘ng Toshkent shahrida yana bir masjid davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib, o‘z faoliyatini boshladi.

Kecha, 12 iyun kuni Uchtepa tumanidagi “Ko‘rkamobod” mahallasida “Fayzullaxo‘ja o‘g‘li Murodhoji” jome masjidi rasmiy faoliyat boshladi. Masjidning ochilish marosimida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov ishtirok etdilar. Muftiy hazratlari jamoani yangi masjid bilan qutlab, Allohning baytida toat-ibodatlar, solih amallar, Qur’oni karim tilovati Qiyomat qadar davom etishini tiladilar. Shuningdek, tashkiliy ishlarda faollik ko‘rsatgan pok niyatli kishilar haqqiga duolar qildilar.

“Bizga eng yaqin masjid “Said Vaqqos ota” jome masjidiga qatnash uchun katta yo‘lni kesib o‘tish kerak edi. Bu esa mahalla ahliga, ayniqsa, keksalarga katta qiyinchilik tug‘dirardi. Shunda mahallamizda masjid qurish zarurati borligi uchun faollar bilan bir masjid barpo etishni maslahat qilganmiz. 1997 yilda xalq hashari bilan masjid qurildi, 2006 yilda qayta ta’mirlandi. Alhamdulillah, bugun mutasaddi tashkilotlar murojaatlarimizni ijobiy hal qilib berishdi”, deydi mahalla faoli Saidkarim Sotvoldiyev.


Maqola muallifi

Teglar

masjid Toshkent shahri Fayzullaxo'ja o'g'li Murodhoji jome masjidi

Baholaganlar

18

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing