Toshkentda yana bir bayroq maydoni ochildi
Jamiyat
−
19 iyul 2019
8319Toshkentda balandligi 35 metr bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i o‘rnatildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimiyati Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bayroq, bugun, 19 iyul kuni Toshkent shahrining Bektemir tumanidagi Ohangaron va Husayn Boyqaro ko‘chalari kesishmasidagi “Suvsoz” aylanmasi markazida o‘rnatiladi. Uning balandligi 35 metrni tashkil etadi.
Bundan tashqari ushbu hudud ko‘kalamzorlashtirildi va aholining dam olishi uchun o‘rindiqlar o‘rnatildi, veloyo‘lak tashkil etildi.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yilning iyul oyida ilk bor Toshkentda mamlakatdagi eng katta flagshtok o‘rnatilgan edi. Uning balandligi 65 metrni, bayroqning o‘lchami esa 12x25 metrni tashkil etadi.
20 mart kuni Toshkent shahridagi Mirzo Ulug‘bek va Maxtumquli ko‘chalari kesishmasida balandligi 57 metr bo‘lgan bayroq o‘rnatilgandi.
LiveBarchasi