Toshkentda yana 4 ta mashina ishtirokida YTH yuz berdi (video)

3-sahifa

image

Bugun, 15 noyabr kuni soat 11:00 larda Toshkentning Shayxontohur tumanida to‘rtta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ma’lum qildi.

YTH tumanning Sebzor ko‘chasida sodir bo‘lgan. Equinox, Mercedes-Benz, Nexia va Labo rusumli mashinalar to‘qnashgan.

Oqibatda bir nafar haydovchi va ikki nafar yo‘lovchiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan. 

Sodir bo‘lgan YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB JXX YHXB hodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 14 noyabr kuni ham Toshkentda 4 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘lgandi. Hodisada Lada Vesta, Equinox, Mercedes-Benz va Nexia ishtirok etgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

169

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing