Toshkentda yana 4 kishida koronavirus aniqlandi
Jamiyat
−
29 may 2020
11898Bugun, 29 may soat 16:45 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5 nafarga ortib, 3468 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 4 nafari Toshkent shahrida qayd etildi. Ularning 2 nafari aholi orasidan, 2 nafari esa karantindagi fuqarolar orasidan aniqlangan. Toshkent viloyatidan kasalligi aniqlangan 1 nafar bemor ham statsionar karantindagi fuqarolar orasidan tasdiqlangan.
Ayni paytda yurtimizda 2723 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aygan.
Hozirda mamlakatimizda 731 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
LiveBarchasi