Toshkentda yana 36 kishida koronavirus aniqlandi
Jamiyat
−
08 iyun 2020
95312020 yil 8 iyun soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 36 nafarga oshib, 4440 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining barchasi Toshkent shahrida aholi orasida aniqlangan. Hozirda ushbu holatlar bo‘yicha epidemiologik surishtiruv ishlari davom etmoqda.
Ayni paytda mamlakatda 3357 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (76 foizi) sog‘aydi.
Hozirda mamlakatda davolanayotgan 1065 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo muolajalari ko‘rsatilmoqda.
LiveBarchasi