Toshkentda yana 223 kishida koronavirus aniqlandi

Jamiyat

image

Bugun, 12 sentyabr soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni yana 223 nafarga ortib, 46 721 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlari:

•    198 nafari Toshkent shahrida:
•    25 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Olmazor tumanida yashagan 75 yoshli M.M. (ayol) hamda Sergeli tumanida yashagan 61 yoshli F.M. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 193 nafar, Toshkent viloyatida 86 nafar, Samarqand viloyatida 21 nafar, Namangan viloyatida 9 nafar, Buxoro viloyatida 8 nafar, Andijon viloyatida 7 nafar, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 4 nafardan, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida 2 nafardan bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 43359 (+336) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 2978 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

125

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing