Toshkentda yana 177 kishi koronavirusga chalindi

Jamiyat

image

Bugun, 20 avgust soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni yana 181 nafarga ortib, 37 547 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlari:

•    177 nafari Toshkent shahrida;

•    4 nafari Andijon viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Uchtepa tumanida yashagan 60 yoshli Z.G. (ayol) hamda 72 yoshli A.T. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytga qadar mamlakatda 33 261 (+317) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor tuzalib, sog‘ayish ko‘rsatkichi 88 foizni tashkil qilmoqda.

Hozirda mamlakatdagi davolash muassasalarida 4 034 nafar bemor davolanmoqda.  


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

135

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing