Toshkentda yana 155 kishida koronavirus aniqlandi
Jamiyat
−
12 avgust 2020
7196Bugun, 12 avgust soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 232 nafarga oshib, 32 215 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
155 nafari Toshkent shahrida;
3 nafari Samarqand viloyatida;
23 nafari Buxoro viloyatida;
15 nafari Sirdaryo viloyatida;
6 nafari Toshkent viloyatida;
6 nafari Qashqadaryo viloyatida;
4 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, Chilonzor tumanida yashagan 61 yoshli Sh.A. (ayol) hamda Yashnobod tumanida yashagan 55 yoshli B.A. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Ayni paytda O‘zbekistonda 24 090 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (75 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 7 917 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 1308 nafari og‘ir, 428 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
LiveBarchasi