Toshkentda yana 120 kishida koronavirus aniqlandi
Jamiyat
−
29 Sentabr 2020 6774 1 daqiqa
Bugun, 29 sentyabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 190 nafarga oshib, 56 068 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining:
• 120 nafari Toshkent shahrida
• 30 nafari Namangan viloyatida
• 12 nafari Andijon viloyatida
• 10 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida
• 8 nafari Qashqadaryo viloyatida
• 6 nafari Farg‘ona viloyatida
• 4 nafari Surxondaryo viloyatida aniqlangan.
Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Ayni paytda O‘zbekistonda 52 466 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 3 139 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025