Toshkentda voyaga yetmagan yigitlar o‘rtasida ommaviy janjal yuz berdi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda bir necha fuqaro o‘zaro janjallashgani aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holatga Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

Bildirilishicha, ushbu voqea joriy yilning 21 may kuni taxminan soat 21:00 larda Yunusobod tumani 11-mavze hududida sodir bo‘lgan. Ushbu janjal ishtirokchilari – 2005 va 2006 yilda tug‘ilgan 3 nafar hamda 2006 yilda tug‘ilgan 5 nafar voyaga yetmagan shaxslar ekani aniqlangan. Ular og‘zaki tortishib, o‘zaro janjallashib ketgan. 

Janjal oqibatida hech kim tan jarohati olmagan.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda o‘quvchi qiz sinfdoshi tomonidan “samosud” qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent ommaviy janjal

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing