Toşkentda noqonuniy tamaki savdosi bilan şuğullanganlar uşlandi

3-sahifa

−

image

Toşkent şahrida aksiz markasisiz tamaki mahsulotlarini noqonuniy sotiş bilan şuğullanib kelgan bir neçta şaxs uşlandi. Tezkor tadbirlar davomida jami 8 808 quti tamaki mahsuloti aşyoviy dalil sifatida olindi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, Departamentning Toşkent şahar boşqarmasi va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda A.I. va F.K. ismli şaxslar çet elda işlab çiqarilgan 1 539 quti “Esse change” nomli aksiz markasisiz tamaki mahsulotlarini I.S.ga 7 200 dollarga sotayotgan vaqtda uşlangan. Ulardan yana olti turdagi 1 832 quti tamaki mahsuloti olib qöyilgan.

Şuningdek, Departamentning Yunusobod tumani bölimi xodimlari ötkazgan tezkor tadbirda F.I. va N.Ş. ismli şaxslar tamaki mahsulotlarini Ş.B.ga sotayotgan vaqtda qölga olingan. F.I. boşqaruvidagi Gentra avtomobili közdan keçirilganda, uning yukxonasidan sotiş uçun olib kelingan, umumiy qiymati 156,7 mln sömlik 123 turdagi 3 183 quti aksiz markasisiz tamaki mahsuloti topilgan.

Tumanda ötkazilgan yana bir tezkor tadbirda S.X. va boşqalar “Laşkarbegi” köçasidagi savdo dökonida umumiy qiymati 213,4 mln sömlik 97 turdagi 3 793 quti aksiz markasisiz tamaki mahsulotini sotuvga qöygani aniqlangan.

Har uçala holatda ham tamaki mahsulotlari aşyoviy dalil sifatida olib qöyilgan.

Bildirilişiça, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi bilan jinoyat işlari qözğatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing