Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan 60 yoshli erkak qamaldi

3-sahifa

image

Toshkent shahrida voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan erkak 3 sutkaga qamaldi. Bu haqda “Sukut saqlama” loyihasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 15 sentyabr kuni ayol huquq-tartibot idoralariga murojaat qilib, noma’lum erkak mast holda qizini bezovta qilib, yuzidan o‘pib, quchoqlagani haqida ma’lum qilgan.

Bildirilishicha, holat bozor hududida sodir bo‘lgan. Ayol voyaga yetmagan qizi bilan oziq-ovqat sotib olish uchun borgan. Onasi do‘konga kirib ketganida uning qizi “skameyka”ga o‘tirib, kutib turgan. Ayol tashqariga chiqqach, qizini notanish erkak quchoqlab o‘payotganiga guvoh bo‘lgan. U zudlik bilan qizining oldiga yugurib kelib, erkakning qo‘llarini zudlik bilan tortishini talab qilib, odamni turta boshladi. Bunga javoban erkak uni turli so‘zlar bilan haqoratlagan.

Huquq-tartibot idoralari ushbu holatni sodir etgan shaxs Toshkent viloyatida 1964 yilda tug‘ilgan nafaqaxo‘r B.B. ekanligini aniqlagan.

Bo‘lib o‘tgan sud majlisida B.B. o‘z aybiga iqror bo‘lmagan. Aksincha, u o‘z xatti-harakatini qiz unga nabirasini juda eslatganligi bilan izohlagan. Ammo B.B. o‘sha paytda mast bo‘lganini inkor etmagan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumani sudi tomonidan 2024 yil 30 sentyabrda erkakni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi (Shahvoniy shilqimlik qilish)da nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 3 sutkaga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistondagi yirik lizing kompaniyasi bosh direktori o‘z xodimiga shilqimlik qilgani haqida xabar berilgandi. 

 


Maqola muallifi

Teglar

shilqimlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing