Toshkentda vafot etgan rossiyalik jurnalistning qonidan is gazi izlari topildi
3-sahifa
−
14 noyabr
5564Toshkentdagi mehmonxonalardan birida vafot etgan rossiyalik jurnalist Inessa Papernayaning qonida gemoglobin va karbonat angidrid birikmasi izlari topildi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasiga tayanib, RIA Novosti xabar berdi.
Sud-kimyoviy ekspertizasining dastlabki xulosasiga ko‘ra, qon va uning ichki a’zolarida karboksigemoglobin (59%), etil spirti (1,36%) va vodorod sulfidi izlari topilgan. Xuddi shunday moddalar Papernaya hamrohining qonida va ichki organlarida ham topilgan.
Karboksigemoglobin gemoglobin va uglerod oksidi birikmasi bo‘lib, katta hajmdagi uglerod oksidi nafas olayotganda hosil bo‘ladi.
Prokuratura Papernayaning o‘limi bo‘yicha tergov va sud-tibbiy ekspertiza ishlari davom etayotganini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, rossiyalik jurnalist Inessa Papernaya 20 oktyabr kuni Toshkentdagi “Karaman Palace” mehmonxonasida o‘lik holda topilgandi. Uning hamrohi rossiyalik Maksim Radchenko ham topilgan. Bundan tashqari, ushbu mehmonxonadagi boshqa xonaning yuvinish xonasidan O‘zbekiston fuqarosi 1976 yilda tug‘ilgan U.X. ning vafot etganligi aniqlangan.
Dastlabki sud tibbiy tashxisiga ko‘ra, marhumlarning o‘limi noma’lum etiologiyali zaharlanishdan kelib chiqqanligi ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Muhammad Hodiyev