Toshkentda o‘zbek-qirg‘iz chegarasi bo‘yicha muzokara o‘tkaziladi
Jamiyat
−
23 mart 2021
6552O‘zbek-qirg‘iz davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha Qirg‘iziston hukumati delegatsiyasi rahbari – Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Kamchibek Tashiyev kecha, 22 mart kuni Toshkentga uchib ketgan.
“Uning tashrifi davomida Qirg‘iziston-O‘zbekiston davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha ikki mamlakat hukumat delegatsiyalarining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkentda 24-25 mart kunlari bo‘lib o‘tadi. Qirg‘iziston delegatsiyasini Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Kamchibek Tashiyev, O‘zbekiston delegatsiyasini – O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov boshqaradi”, deya ta’kidlagan hukumat matbuot xizmati.
Yig‘ilishda o‘zbek-qirg‘iz chegarasining qolgan qismini delimitatsiya qilish masalasi ko‘riladi.
Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarovning O‘zbekistonga davlat tashrifi chog‘ida ikki mamlakat rahbarlari yaqin kelajakda yakunlanishi rejalashtirilgan hukumat delegatsiyalari ishini faollashtirishga kelishib olgandilar.
LiveBarchasi