Toshkentda o‘tgan “Katta dubulg‘a” turnirida o‘zbekistonlik dzyudochilar 12 ta medalni qo‘lga kiritdi
Sport
−
03 mart
3097Toshkentda dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” tasnifiga kiruvchi turnir bo‘lib o‘tdi va unda O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin, 3 ta kumush va 8 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Joriy yilning 28 fevralidan 2 martiga qadar Toshkent dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” tasnifiga kiruvchi turnirga mezbonlik qildi. Ushbu musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin, 3 ta kumush va 8 ta bronza medaliga ega chiqdi. Jami 12 ta medalni qo‘lga kiritgan O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida 3-o‘rinni egalladi.
G‘olib va sovrindorlar:
Oltin medal:
-90 kg: Shahzodxo‘ja Sharipov
Kumush medal:
-66 kg: Zamaxshari Bekmurodov;
-70 kg: Xurshida Razzoqberdiyeva;
-81 kg: Arslonbek Tojiyev.
Bronza medal:
-60 kg: Kamoliddin Baxtiyorov;
-60 kg: Anvar Ibrohimov;
-66 kg: Muhriddin Tilovov;
-66 kg: Artyom Shturbabin;
-73 kg: Shahram Ahadov;
-90 kg: Nurbek Murtazoyev;
-100 kg: Ernazar Sarsenbayev;
+100 kg: Alisher Yusupov.
LiveBarchasi