Toshkentda o‘lish “qanchaga tushadi?” Ortiqxo‘jayev yangi qarorni imzolash arafasida 

Jamiyat

image

Toshkent shahri qabristonlarida go‘r qazish va marosim xizmatlari uchun pulli xizmat ko‘rsatish tariflari belgilanadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning “Toshkent shahri qabristonlarida go‘r qazish va marosim xizmatlari uchun pullik xizmatlar ko‘rsatish tariflarini belgilash to‘g‘risida”gi qarori loyihasida  keltirib o‘tilgan.

Hujjat bilan, Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi (A.Rizashev), Fuqarolarga xizmat ko‘rsatish boshqarmasi (S.Ibragimov) mazkur qaror bilan belgilanadigan Toshkent shahri qabristonlarida go‘r    qazish va marosim xizmatlari uchun pulli xizmat ko‘rsatish tariflari Toshkent shahar va Toshkent viloyati hududida joylashgan Toshkent shahriga tegishli qabristonlarda bir xilda qo‘llanishi hamda ko‘rinarli joylariga o‘rnatilishi ta’minlaydi.

Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingach www.toshkent.uz veb-saytiga joylashtiriladi.

Loyihaga ko‘ra, Toshkent shahri qabristonlarida go‘r qazish va marosim xizmatlari uchun pullik xizmatlar ko‘rsatish tariflari quyidagicha:

T/r  Xizmat turlari  O‘lchov birligi  Narhi (sum)
      
1. Tegishli diniy konfessiya qabristonlarida fuqarolarga (tashkilotlarga) dafn uchun uchastkalar berish  m²  bepul.

2.  An’anaviy musulmoncha go‘r qazish:      

•  katta (1x1 metr chuqurligi 1,5 metrlik* ayvon, qibla tomon chap burchagidagi 0,5x0,6 metrlik tuynuk, tuynuk orqali uzunligi 2 metr, eni 1 metr va balandligi 1,1 metrlik laxat) 1 go‘r  115000.

•  kichik (0,6x0,8 metr chuqurligi 0,7-0,8 metrlik* ayvon, qibla tomon chap burchagidagi 0,3x0,4 metrlik tuynuk, tuynuk orqali uzunligi 1-1,4 metr, eni 0,4-0,5 va balandligi 0,4 metrlik laxat) 1 go‘r 45000.

3.  Qabristonlarda boshqa dinga mansublar uchun go‘r qazish:    
  
•  katta (uzunligi 2 metr, eni 1 metr, chuqurligi  1,5 metr* tobut (grob) qopqog‘igacha)  1 go‘r  90000

•  kichik (uzunligi 1-1,3 metr, eni 0,5-0,6 metr, chuqurligi 1-1,5 metr* tobut (grob) qopqog‘igacha) 1 go‘r 45000

4.  Raqamli ustuncha dona – 30000

5.  Musulmon diniga mansublar uchun tobutlar tayyorlash:      

1,9 metr dona – 1.200 000 (ijara yoki sotib olish ekani noma’lum)

6.  Sartaxta dona – 950 000 (ijara yoki sotib olish ekani noma’lum)

7.  Taxtalik transport qutisi tayyorlash:      
1,9 - 2,2 metr dona – 700 000 (ijara yoki sotib olish ekani noma’lum)

8. Zichlangan tola qog‘ozlik tobut (grob) tayyorlash**:      

•  1,7 - 1,75 metr dona – 170000
•  1,8 - 1,85 metr dona –  200000
•  1,9 - 2,2 metr dona – 220000

9.  Zichlangan tolali qog‘ozdan tayyorlangan tobutni (grob) ruxlangan tunuka bilan qoplash:      

1,9 - 2,2 metr dona – 350000

10.  Ruxlangan tobutlar (grob) uchun taxta sinchli zichlangan tolali qog‘ozdan transport qutisi tayyorlash**:      

1,9 - 2,2 metr dona – 500000

11.  Maxsus transportdan foydalanish:      

PAZ – 672, "OTAYOL" M – 24, "FOTON"  1 soat – 60000

12.  Yodgorlikni qabr ustidan buzib olish to‘plam – 250000

13.  Gulchambarlar tayyorlash:      

•  dumaloq  (1,6 x 1,2 mert) dona – 230000;
•  kichik romb (1,25 x 0,75 metr) dona – 100000.

14.  Eksgumatsiya ishlarini amalga oshirish:      

Fuqarolar arizasiga asosan va tegishli mutasaddi tashkilotlarning ruxsati bilan 1 qabr  100000

*Izoh: Qabrning chuqurligini belgilashda dafn etish usuli, diniy xususiyatlar va mahalliy tuproq-iqlim sharoitlari hisobga olinadi.

Eslatib o‘tamiz, hozirda 2018 yil 3 mayda Jahongir Ortiqxo‘jayev tomonidan qabul qilingan “Toshkent shahri qabristonlarida go‘r qazish va marosim xizmatlari uchun pullik xizmatlar ko‘rsatish tariflarini belgilash to‘g‘risida”gi qarori amalda.


Maqola muallifi

Teglar

Ortiqxo'jaev qarori loyihasi

Baholaganlar

1250

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing