Toshkentda o‘quvchisini kaltaklagan o‘qituvchi ishdan bo‘shatildi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida maktab o‘qituvchisi boshlang‘ich sinf o‘quvchisini kaltaklayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Unda o‘qituvchi direktorning qarindoshi ekani alohida ta’kidlab o‘tilgandi.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi maktabdagi holatga izoh berdi va quyidagilarni ma’lum qildi.

Joriy yilning 19 martida Uchtepa tumanidagi 245-umumta’lim maktabida 2-“V” sinf o‘quvchisi A.A.ni sinf rahbari N.T. doskaga chaqirgan. O‘qituvchi o‘quvchining javobidan qanoatlanmasdan tanbeh berib, uning qo‘liga urgan. Shu kuni o‘quvchining onasi maktabning o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari G‘.Abdullayevga farzandi bilan sodir bo‘lgan holat yuzasidan shikoyat qilgan.

Maktabning O‘TIBDO‘ G‘.Abdullayev sinf rahbari va o‘quvchining onasi bilan suhbatlashgan. Suhbat yakunida o‘quvchining onasi ushbu holat yuzasidan e’tiroz bildirmasligini ma’lum qilib, maktab rahbariyatiga boshqa murojaat qilmagan.

Lekin o‘quvchining buvisi OAVga murojaat qilishi natijasida, 1 aprel kuni jurnalistlar maktabga kelib, holat yuzasidan surishtiruv olib borgan.

Sodir bo‘lgan holat maktabning pedagogik jamoasi o‘rtasida 2019 yilning 1 aprel kuni o‘tkazilgan ishlab chiqarish yig‘ilishida muhokama etilib, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi N.T. bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan. O‘quvchi A.A. onasi D.Qodirovaning arizasiga ko‘ra 2-“V” sinfidan 2-“B” sinfiga o‘tkazilgan.


Maqola muallifi

Teglar

maktab o'qituvchi

Baholaganlar

63

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing