Toshkentda o‘quvchining tok urib o‘lishi ortidan maktab direktori o‘rinbosari qamaldi
3-sahifa
−
14 dekabr 2023
9018Joriy yilning noyabr oyida Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 99-sonli umumta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi vafot etgani va bu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar bergan edik. Maktabning xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari qamoqqa olindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi umumta’lim maktabida sodir bo‘lgan hodisa bo‘yicha Jinoyat kodeksining 186-(Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) va 207- (Mansabga sovuqqonlik bilan qarash) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov olib borilgan.
“Maktabning xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosariga Jinoyat kodeksining 207-moddasi 3-qismi “a” bandi va boshqa moddalari bilan ayblov e’lon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan”, deydi Hayot Shamsutdinov.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 27 noyabr kuni soat taxminan 18:15 larda Mirzo Ulug‘bek tumani, 99-sonli umumta’lim maktabi 8-“I” sinf o‘quvchisi, Yashnobod tumani, Chilol ota ko‘chasi, 87-uyda yashovchi 2009 yilda tug‘ilgan Amirxon Asqar o‘g‘li Akromxo‘jayev, shu maktab hovlisida sport maydonidan chiqib ketayotgan vaqtida boshi bilan yiqilib, og‘zi ko‘pirib, biroz titrab so‘ng xushidan ketgandi.
Oradan taxminan 15 daqiqa o‘tganidan so‘ng u tez tibbiy yordam bilan 15-sonli Respublika Kardiologiya markaziga olib ketilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan Amirxon Akromxo‘jayev vafot etgan.
Sud-tibbiyot ekspertizasining dastlabki xulosasiga ko‘ra, Amirxon Akromxo‘jayevning o‘limi “Elektr jarohati, elektr toki yoyidan zaharlanish, o‘tkir nafas yurak-qon tomir yetishmovchiligi, bosh miya va o‘pka shishi, chap qo‘l kaft sohasi elektr tamg‘asi” oqibatida yuz bergan.
LiveBarchasi
04 noyabr