Toshkentda o‘quvchi sinfdoshini pichoqladi

3-sahifa

image

Toshkent shahri Mirobod tumanida 11 sinf o‘quvchisi sinfdoshini pichoqlab qo‘ydi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar boshqarmasi ma’lum qildi.

Kecha, 11 mart kuni soat 14:00 larda Mirobod tumanidagi maktablardan birining 11-sinf o‘quvchilari – 2006 yilda tug‘ilgan T.A. hamda 2005 yilda tug‘ilgan O.J. shu tumandagi sport maydonchalaridan birida basketbol o‘ynayotgan vaqtida o‘zaro og‘zaki gap talashib qolgan. Shundan so‘ng voyaga yetmagan T.A. o‘zi bilan olib kelgan pichoq yordamida O.J.ni bel sohasiga bir marotaba urgan. Oqibatda O.J. tibbiy yordam ko‘rsatilishi uchun shifoxonaga olib borilgan. Hozirda O.J.ning holati qoniqarli.

Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi boshqarmasi huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (“bezorilik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Hurmatli ota-onalar! Farzandlaringizga pichoq yoki boshqa sovuq qurollar muammoning yechimi emasligini, har qanday nizoni og‘zaki hal qilish mumkinligini, qonunlarga rioya etish lozimligini tushuntiring”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent pichoqbozlik o'quvchi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing