Toshkentda o‘quvchi qizlarga tegajog‘lik qilgan maktab psixologiga hukm o‘qildi

3-sahifa

image

Toshkentdagi 158-maktabning sobiq psixologi 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. U o‘zi ishlaydigan maktabdagi 3 va 5-sinfda o‘quvchi qizlarga tegajog‘liq qilishda ayblanayotgandi.

Bugun, 19 avgust kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudida psixolog Gasanov A.E.ga nisbatan ochilgan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi va hukm o‘qildi. Bu haqda “Nemolchi” loyihasi ma’lum qildi.

Sud hukmi bilan Gasanov O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 129-moddasi 1-qismida (16 yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan behayo harakatlar qilish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topildi.

Unga 2 yil muddatga qamoq jazosi tayinlandi, muddat 26 apreldan boshlab hisoblanadi. Bu moddaning ushbu qismida nazarda tutilgan maksimal sanksiyadir.

Loyihaning qayd etishicha, amaldagi qonunchilikka ko‘ra, bu katta xavf tug‘dirmaydigan jinoyatlar sirasiga kiradi, shuning uchun Gasanov shartli ravishda ozod qilinishi yoki jazoni yengillashtirishni so‘rashi mumkin. Ya’ni, 26 oktyabr kuni, jazo muddatining chorak qismi o‘tgach, u jazoni yengillashtirish uchun sudga murojaat qilishi va ozodlikka chiqishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, psixolog o‘quvchilarga tegajog‘lik qilgani joriy yilning aprel oyida ma’lum bo‘lgandi. 158-maktab o‘quvchi beshta qizning ota-onasi huquq-tartibot idoralariga murojaat qilgan. Maktab rahbariyati oshkoralikka yo‘l qo‘ymaslik uchun pedagogni o‘z xohishiga ko‘ra ishdan bo‘shatgan.


Maqola muallifi

Teglar

maktab o'quvchi

Baholaganlar

464

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing