Toshkentda o‘quv yili boshlanishi bilan uylarning ijara narxi oshdi
Jamiyat
−
10 Sentabr
5491Toshkent shahrida 2024 yilning avgust oyi oxirida oxirgi bir necha oy ichida ilk marta uy-joy ijarasi narxi ko‘tarildi. Bu haqda Makroiqtisodiyot va hududiy tadqiqotlar instituti ma’lum qildi.
Tahlillarga ko‘ra, poytaxtda yozning so‘nggi oyida uy-joy ijarasining oshishi kuzatilib, bunga bir nechta omillar, jumladan, sentyabr oyidan oliy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yilining boshlanishi bo‘yicha kutilmalar ta’sir ko‘rsatgan. Bu paytda hududda o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun ijara narxlari iyul oyiga nisbatan o‘rtacha 1,9 foizga, to‘liq ta’mirlangan xonadonlar uchun esa 0,3 foizga oshdi. O‘rtacha ta’mirlangan 1 xonali uylar uchun 1,3 foizga, 2 xonali uylar uchun 2,1 foizga, 3 xonali uylar uchun 1,7 foizga, 4 xonali uylar uchun esa 2,5 foizga oshgan.
Nisbatan arzon ijara narxlari Sergeli (1 xonali - 285 AQSH dollar, 2 xonali – 348 AQSH dollar, 3 xonali – 387 AQSH dollar, 4 xonali - 460 AQSH dollar), Olmazor (1 xonali – 301 AQSH dollar, 2 xonali – 359 AQSH dollar, 3 xonali – 414 AQSH dollar, 4 xonali – 471 AQSH dollar) tumanlarida taklif etilgan bo‘lsa, eng qimmat ijara narxlari Mirobod (1 xonali – 350 AQSH dollar, 2 xonali – 445 AQSH dollar, 3 xonali – 550 AQSH dollar, 4 xonali – 736 AQSH dollar) va Yakkasaroy (1 xonali – 349 AQSH dollar, 2 xonali – 455 AQSH dollar, 3 xonali – 585 AQSH dollar, 4 xonali – 603 AQSH dollar) tumanlarida kuzatilgan.
To‘liq ta’mirlangan 3 xonali va 4 xonali uy-joylar uchun taklif etilgan o‘rtacha ijara narxlari iyul oyiga nisbatan pasaygan bo‘lsa, 1 xonali va 2 xonali uy-joylar uchun taklif etilgan o‘rtacha ijara narxlarida o‘sish kuzatildi. Mazkur davrda 3 xonali uy-joylar ijarasi 0,4 foizga, 4 xonali uy-joylar ijarasi 2 foizga arzonlashgan bo‘lsada, 2 xonali uy-joylar ijarasi o‘rtacha 0,1 foizga, 1 xonali uy-joylar ijarasi 3,4 foizga qimmatladi.
To‘liq ta’mirlangan uy-joylarning eng arzon ijara narxlari Sergeli (1 xonali – 335 AQSH dollar, 2 xonali – 416 AQSH dollar, 3 xonali – 501 AQSH dollar, 4 xonali – 634 AQSH dollar) va Uchtepa (1 xonali – 377 AQSH dollar, 2 xonali – 437 AQSH dollar, 3 xonali – 563 AQSH dollar, 4 xonali – 669 AQSH dollar) tumanlarida, eng qimmat ijara narxlari esa Mirobod (1 xonali – 456 AQSH dollar, 2 xonali – 688 AQSH dollar, 3 xonali – 1006 AQSH dollar, 4 xonali – 1274 AQSH dollar) va Shayxontohur (1 xonali – 421 AQSH dollar, 2 xonali – 715 AQSH dollar, 3 xonali – 1014 AQSH dollar, 4 xonali – 1279 AQSH dollar) tumanlarida kuzatilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida ijara uylari narxi yana ko‘tarilishi ma’lum qilingandi.
LiveBarchasi