Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchining onasi tomonidan kaltaklandi (video)

Jamiyat

image

Toshkentda o‘quvchi qizning onasi uning o‘qituvchisini do‘pposlagani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi munosabat bildirdi

Ma’lum qilinishicha, voqea shu yilning 1 may kuni poytaxtning Chilonzor tumanidagi 178-sonli umumta’lim maktabida sodir bo‘lgan. Shu maktabning 4-sinf rahbar o‘qituvchisi va shu sinfda o‘qiydigan qizning onasi o‘rtasida mojaro yuzaga kelgan. 

Ta’lidlanishicha, ayni paytda holat Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan nazoratiga olingan. 

O‘qituvchi tomonidan Chilonzor tuman Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga murojaat qilingan. Hozirda huquq-tartibot xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

o'qituvchi Chilonzor tumani

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing