Toshkentda uchta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
3-sahifa
−
23 dekabr 2024 4220 1 daqiqa
Bugun, 23 dekabr kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanida uchta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, haydovchi J.Yu. boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomashinasi, haydovchi U.O. boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomashinasi hamda haydovchi N.B. boshqaruvida bo‘lgan Lacetti rusumli avtomashinalari to‘qnashuvi oqibatida YTH sodir bo‘lgan.
Yo‘l-transport hodisasida hech kim jarohatlanmagan.
“Hodisa yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 8 dekabr kuni Toshkent shahrida yo‘lovchi avtobus va ikki mashina yo‘l-transport hodisasi sodir etgandi. YTH oqibatida Tracker-2 rusumli avtomashina haydovchisi va bir nafar yo‘lovchisiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025