Toshkentda to‘rtta avtomobil ishtirokida YTH bo‘ldi
3-sahifa
−
11 iyun 2024 6888 1 daqiqa
Bugun, 11 iyun kuni Toshkentda to‘rtta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea soat 16:10 da Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasida sodir bo‘lgan. 1995 yilda tug‘ilgan haydovchi B.D. boshqaruvida bo‘lgan Nexia-3, 1995 yilda tug‘ilgan B.S. boshqaruvida bo‘lgan Lacetti, 1960 yilda tug‘ilgan Y.K. boshqaruvida bo‘lgan King Long , shuningdek 2003 yilda tug‘ilgan M.O. boshqaruvida bo‘lgan Spark rusumli avtomashinalari ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.
“Xodimlar tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzaxda 4 ta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘lgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025