Toshkentda Tracker “peshexod”dan o‘tayotgan piyodani urib ketdi
3-sahifa
−
03 avgust
3775Kecha, 2 avgust kuni Toshkent shahri Yunusobod tumanida Tracker mashinasi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan fuqaroni urib ketdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, yo‘l-transport hodisasi soat 19:10 larda Amir Temur ko‘chasida sodir bo‘lgan. 1999 yilda tug‘ilgan haydovchi R.Q. tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan, piyoda, 2002 yilda tug‘ilgan Ch.A.ga borib urilgan.
“YTH oqibatida piyoda jarohat olgan, unga shifokorlar tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilgan. Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari boshlandi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘onada 5 kishini mashinada urib, qochib ketgan haydovchi 9 yilga qamalgandi.
LiveBarchasi