Toshkentda avtobus piyodani urib yubordi
3-sahifa
−
22 iyun 3744 1 daqiqa
Kecha, 21 iyun kuni Toshkent shahrida King Long rusumli avtobus haydovchisi piyodani urib yubordi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ xabar berdi.
Hodisa soat 21:00 larda Yakkasaroy tumanidagi Shota Rustaveli ko‘chasida sodir bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, avtobus haydovchisi Z.D. boshqaruvidagi avtobusni Janubiy vokzal tomon haydab borayotgan vaqtda piyodalar o‘tish joyidan svetoforning qizil chirog‘ida yugurib o‘tgan piyodani (2000 yilda tug‘ilgan) urib yuborgan.
Avtobus haydovchisi zudlik bilan transport vositasini to‘xtatib, jabrlanuvchini tez tibbiy yordam avtomobilida 16-sonli Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib borgan.
Sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi Toshkent shahar IIBB mas’ul xodimlari tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida Malibu-2 avtomobilining voyaga yetmagan haydovchisi sodir etgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 10 yoshli qizaloq vafot etgan edi.
Live
Barchasi