Bosh prokuror SSV murojaatiga javob qaytardi

Jamiyat

image

Avvalroq, Sog‘liqni saqlash vazirligi 34 kishiga koronavirus infeksiyasini yuqtirishda ayblanayotgan va jinoish ish figurantiga aylangan shifokor X.D.ni himoya qilib chiqqani va Bosh prokurorga shu masalada murojaat yo‘llagani haqida xabar bergan edik.

Bugun, 18 may kuni ushbu murojaat yuzasidan Bosh prokuratura tomonidan SSVga javob xati keldi. Unda qayd etilishicha, Bosh prokuratura mazkur jinoyat ishi hujjatlarini o‘rganish jarayonida X.D.ga nisbatan to‘plangan hujjatlar bo‘yicha olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari har tomonlama, sinchkovlik bilan o‘tkazilmasdan, barcha holatlar to‘liq tekshirilmasdan, shoshma-shosharlik bilan barvaqt jinoyat ishi qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligini aniqlagan.

Shunga ko‘ra, Samarqand viloyat Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan X.D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 257-1-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atish haqidagi qaror Bosh prokuratura tomidan bekor qilingan.

“Murojaat Bosh prokuratura tomonidan chuqur o‘rganilib, tezkorlik bilan ijobiy hal qilinganligi shifokorlarimizni quvontirishi, o‘z kasbiga nisbatan yana-da mas’uliyat bilan yondashib, faoliyat yuritishlariga zamin yaratishi shubhasiz.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Bosh prokuratura tomonidan bugungi sinovli kunlarda fidoyi tibbiyot xodimlarining qahramonlarcha faoliyatini qadrlab, adolatli qaror qabul qilganligini e’tirof etib, adolat posbonlari bo‘lmish, prokurorlarimizning haqiqatni qaror toptirish yo‘lidagi sharafli va mashaqqatli faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi”, deyiladi SSV xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Bosh prokuratura SSV Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

354

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing