Kurs UZS

USD

12 953.20

15.09

EUR

14 058.11

-18.55

RUB

151.13

1.14

Toshkentda tormozi ishlamagan avtobus daraxtga borib urildi (video)

Jamiyat

image

Bugun, 27 fevral kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Ziyolilar ko‘chasida 50-sonli shahar avtobusi texnik nosozlik sababli yo‘l chetidagi daraxtga borib urildi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Xabarga ko‘ra, mas’ul tuzilmalar xodimlari holatni o‘rgangan. Shundan so‘ng, ular hodisa avtobusning yurish qismidagi texnik nosozlik sababli yuzaga kelganini aytgan. Shu sabab, transport vositasi daraxtga urilib ketgan.

Qayd etilishicha, voqea joyiga tezkor ravishda qutqaruv xizmatlari va tez tibbiy yordam brigadalari yetib kelgan. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, bir kishi jarohat olgan, uning ahvoli aniqlanmoqda.

Hozirgi vaqtda vakolatli organlar tomonidan hodisaning barcha holatlarini o‘rganish bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 26 fevral kuni Toshkent shahrida kuchli qor yog‘ishi ortidan poytaxt hokimligi shahar aholisini daraxtlar va yengil qurilmalar qulashi hamda gaz bosimi o‘zgarishlariga e’tiborli bo‘lishga chaqirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent avtobus

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing