Toshkentda tibbiyot xodimi koronavirusdan vafot etdi. Bu nechanchi qurbon?

Jamiyat

image

Olmazor tumani “Mirzo G‘olib” mahallasi xududida joylashgan 18-Oilaviy poliklinikasining katta hamshirasi 1960 yilda tug‘ilgan Feruza Askarovna To‘xtayeva koronavirusdan vafot etdi. Bu haqda Olmazor tumani hokimligi xabar berdi.

“COVID-19 kasalligi mehribon ona, fidoyi, jonkuyar, xalqparvar bemorlar dardiga davo bo‘lib kelgan shirinsuxan hamshira Feruza Askarovnani bevaqt oramizdan olib ketdi.

Bemorlarga yordam ko‘rsatib charchamagan, ayniqsa xozirgi vaqtda fidoyilik ko‘rsatgan Feruza opa so‘nggi vaqtgacha o‘z kasbiga sadoqat bilan yondashdi. Og‘ir judolik sabab Olmazor tumani hokimligi nomidan marhumaning oila a’zolariga chuqur ta’ziya  va hamdardlik bildiramiz. Ularga yaratgandan sabr tilab qolamiz. Alloh o‘tganlarning oxiratlarini obod aylasin”, deyiladi hokimlik ta’ziyasida.

Sog‘liqni saqlash vazirligi bu o‘lim haqida hozircha ma’lumot bermadi. Umuman olganda vazirlik koronavirus sabab yuzaga kelgan boshqa qator o‘lim holatlari haqida ham ma’lumot bermadi.

Rasmiy ma’lumotlar 85 kishi koronavirusdan vafot etganini ko‘rsatyapti. Ammo qator tashkilotlar o‘z xodimlari COVID-19 kasalligidan vafot etganini ma’lum qildi. Jumladan, Davlat xizmatlari agentligining Navoiy viloyatidagi xodimi Adhamjon Dehqonov 61 yoshida, Madaniyat vazirligi xodimi Akmal Irisov 32 yoshida koronavirusdan vafot etganini tegishincha – Adliya va Madaniyat vazirliklari xabar berdi. SSV esa sukut saqlab, bu haqida ma’lumot berishga shoshmayapti.

Ikki kun oldin, 17 iyulda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Sanjar Abduqodirov 40 yoshida vafot etdi. QALAMPIR.UZ marhumga yaqin manbadan o‘lim koronavirus sabab yuz berganini ma’lum qildi. Vazirlik buni na tasdiqladi, na inkor qildi.

Aftidan, vazirlikning o‘zi ham allaqachon hisobda adashib ketib bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

1074

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing