Toshkentda “Suv ta’minoti” xodimi tuproq bosib qolishi oqibatida vafot etdi
3-sahifa
−
09 fevral 2023
12822Toshkent shahrida “Suv ta’minoti” xodimi quvur yorilgani bo‘yicha nosozlikni bartaraf etish jarayonida tuproq bosib qolishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ'ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
Kecha, 8 fevral kuni Olmazor tumani “Universitet” mahallasida “Suv ta’minoti” xodimlari aholining murojaatiga asosan, mazkur hududda 600 millimetrlik quvur yorilgani bo‘yicha nosozlikni bartaraf etish uchun kelgan. Ish jarayonida “Suv ta’minoti”da chilangar bo‘lib ishlagan, 1984 yilda tug‘ilgan T.K. tuproq bosib qolishi oqibatida vafot etgan.
Mazkur holat bo‘yicha tergov-tezkor guruhi a’zolari kelib, voqea joyi ko‘zdan kechirilgan. Shuningdek, holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Hozirda mazkur holat bo‘yicha Olmazor tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi