Toshkentda stikersiz haydovchilarni “ovlash” davom etyapti
Jamiyat
−
05 aprel 2020
7107Toshkent shahrida avtomobil boshqarish uchun maxsus ruxsatnoma olmagan haydovchilarni aniqlash uchun reydlar davom etyapti. Bu haqda poytaxt IIBB Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Yo‘l-patrul xizmati, Milliy gvardiya hamda sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlari tomonidan kecha, 4 aprel kuni Toshkent yo‘llarida 879 ta yo‘l harakati qoidabuzarligi faktlari qayd etildi. 152 ta avtomobil jarima maydonchasiga joylandi.
655 ta avtomobil shahar bo‘ylab ruxsatnomasiz (stikersiz) harakatlangan. Ularga nisbatan SEX xodimlari tomonidan huquqbuzarlik bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 54 moddasi 2 qismiga “Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish” ko‘ra bayonnomalar rasmiylashtirildi.
Mazkur moddaga binoan fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha ya’ni (4 mln. 460 ming so‘mdan 6 mln. 690 ming so‘mgacha), mansabdor shaxslarga esa — o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha ya’ni (6 mln. 690 ming so‘mdan 11 mln. 150 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solinishi belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining navbatdagi qarori bilan joriy yil 30 mart soat 06:00 dan 20 aprel soat 00:01 ga qadar viloyatlararo, Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida avtotransport vositalarining Davlat xizmatlari markazlari tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnoma (stiker)lar asosida harakatlanishiga ruxsat berildi.
LiveBarchasi