Toshkentda Spark tez yordam bilan to‘qnashdi

3-sahifa

image

Kecha, 13 iyun kuni Toshkent shahrining Yangihayot tumanida tez yordam mashinasi Spark avtomobili bilan to‘qnashib ketdi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavsizligi boshqarmasi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, soat 19:45 larda Yangihayot tumani Qipchoq-Qo‘rg‘ontepa ko‘chalari chorrahasida 2004 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi Spark rusumli transport vositasi va 1979 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi Ford rusumli transport vositasi o‘zaro to‘qnashishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

YTH oqibatida tan jarohat olganlar yo‘q.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatining Andijon shahrida Equinox avtomashinasi tez yordam avtomashinasi bilan to‘qnashib ketgandi.


Maqola muallifi

Teglar

tez yordam Spark

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing