Andijonda Equinox tez yordam mashinasi bilan to‘qnashib ketdi
3-sahifa
−
12 may 5428 1 daqiqa
Bugun, 12 may kuni Andijon viloyatining Andijon shahrida Equinox avtomashinasi tez yordam avtomashinasi bilan to‘qnashib ketdi. Bu haqda Andijon viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 15:10 da Andijon shahar Mustaqillik hamda Bobur shoh ko‘chalari kesishgan “Klinika” chorrahasida Mustaqillik ko‘chasidan harakatlanib kelayotgan haydovchi o‘zining boshqaruvida bo‘lgan Equinox rusumli avtomashinada Wolsvagen rusumli tez yordam avtomashinasi bilan to‘qnashib, rul boshqaruvini yo‘qotadi va qatnov qismining chetida turgan Damas avtomashinasiga borib urilib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
Bildirilishicha, ushbu hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q, avtomashinalar texnik shikastlangan.
“Mazkur holat yuzasidan hozirda Andijon shahar IIOFMB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyati Buloqboshi tumanida Lacetti devorga urilib, uni yorib o‘tib ketgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi