Andijonda Lacetti devorga urilib, uni yorib o‘tib ketdi (video)

3-sahifa

image

Bugun, 3 may kuni Andijon viloyati Buloqboshi tumanida Lacetti devorga urilib, uni yorib o‘tib ketdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 12:10 larda Buloqboshi tumani “Rivoj” MFY Yangi ariq ko‘chasida 1990 yilda tug‘ilgan haydovchi S.S. o‘zining Lacetti rusumli avtomashinasida Buloqboshi tuman markaziga qarab harakatlanib ketayotib, quvib o‘tish qoidasini buzishi oqibatida rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘l chetidagi devorga borib urilib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

Bildirilishicha, ushbu YTH oqibatida avtomashina oldi o‘rindig‘ida bo‘lgan yo‘lovchi tan jarohati olib, tuman shifoxonasiga murojaat qilgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Buloqboshi tumani IIB YHXG mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyati Asaka tumanida ZIL yo‘l bo‘yidagi uyni buzib, ichkariga kirib ketgandi. Oqibatda yuk transport vositasining haydovchisi olgan tan jarohati bilan tuman shifoxonasiga yotqizilgan. Boshqa fuqarolarga zarar yetmagan. 


Maqola muallifi

Teglar

Andijon Lacetti Buloqboshi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing