Toshkentda Spark piyodani urib, metroga tushib ketdi

3-sahifa

−

image

Kecha, 26 fevral kuni Toshkentda Spark avtomobili metroning “Shahriston” bekatidan chiqayotgan piyodani urib, yer osti o‘tish yo‘liga kirib ketdi.

Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmatiga ko‘ra, hodisa soat tahminan 23:30 larda yuz bergan. 1994 yilda tug‘ilgan, M.N. boshqaruvidagi Spark rusumli  transport vositasida Yunusobod tumani Amir Temur ko‘chasi bo‘ylab, Universam aylanma tomonga harakatlanib ketayotgan vaqtda 1-uy qarshisida boshqaruvni yo‘qotib, “Shahriston” metro bekatidan chiqayotgan piyoda 2000 y.t B.D.ni urib yuborgan.

Natijada: piyoda B.D. haydovchi M.N. va yonidagi yo‘lovchi M.N. olgan tan-jarohati bilan shifohonaga murojaat qilgan.

Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan dastlabki surishtiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

580

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing