Toshkentda Spark, Nexia-3 va avtobus to‘qnashdi

3-sahifa

image

Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida Nexia-3, Spark va avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavsizligi boshqarmasi xabar qildi.

Bugun, 26 may kuni soat 14:00 larda Yakkasaroy tumani Shota Rustavelli-Cho‘pon ota  ko‘chalari kesishgan chorrahasida Spark, Nexia-3 va Kinglong rusumli avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Ushbu baxtsiz hodisa oqibatida Spark haydovchisi M.S. tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. 

Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. 

“Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga amal qilishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentning Olmazor tumanida yo‘lovchi avtobusi va Cobalt ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent avtobus

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing