Toshkentda Spark ag‘darilib ketdi (video)

3-sahifa

image

Shayxontohur tumanida sodir bo‘lgan YTH natijasida Spark avtomashinasi ag‘darilib ketdi. Holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 6 aprel kuni soat 15:20 larda Shayxontohur tumani Furqat ko‘chasida 1999 yilda tug‘ilgan J.M. boshqaruvidagi Lacetti, 1997 yilda tug‘ilgan A.Q. boshqaruvidagi Spark  rusumli avtomashinalarining to‘qnashuvi oqibatida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.

YTH oqibatida Spark rusumli avtomashina haydovchisi A.Q.ga tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda 15 ta avtomashina ishtirokida YTH sodir bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Shayxontohur Spark

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing